Ta’lim tizimi

1. Talabalikka qabul qilish tizimi

O`quv muassasamiz, qo`llab-quvvatlash hamda parvarishlash xizmati ishchisi bo`lishni maqsad qilgan yapon va xorijlik talabalarga 2 yillik ta`lim dasturi asosida ta`lim berib, talabalarga parvarishlash xizmati bo`yicha davlat sertifikatni qo`lga kiritishlarida yordam berishni o`z oldiga maqsad qilgan. Keksa kishilar ko`payib borayotgan bizning jamiyatimizda qariyalar hamda nogironlar “qariyalik gashtini xotirjam holda parvarishlash xizmati”dan foydalashni talab qilishadi.Bu ta`lim muassasida yuqori tajribaga ega bo`lgan mutaxasislarni tayyorlash maqsadini ko`zlab, kelajakda qariyalar uylarida faoliyat yuritadigan g’ayratli va insonparvar talabalarni qabul qilishni maqsad qilganmiz.

2. O`quv dasturi

O`quv muassasamizning parvarishlash xizmati yo`nalishida yillik o’quv dasturiga “parvarishlash xizmati”, “inson va jamiyat”, “qalb va tana tuzilishi” kabi fanlar orqali parvarishlash ximatini nazariy jihatdan mustahkamlaydigan fanlar kiritilgan.Parvarishlash amaliyoti, ta`lim maskanida olingan bilim va ko’nikmalar hamda o`qishdan tashqarida o`rganiladigan amaliy mashg’ulotlar bilan umumlashtirilgan holda davom ettiriladi. Bu fanlarning ichida parvarishlash xizmati bo`yicha bilimni mustahkamlaydigan “parvarishlash jarayoni” fanidan, “analiz qilish / rejalashtirish / amalga oshirish / baholash” kabi bilim va ko`nikmalarni umumiy tarzda, bosqichma-bosqich o`rgatib boriladi. Shuningdek, chet ellik talabalarning parvarishlash xizmati bo`yicha bilimlarini oshirish maqsadida “Parvarishlash xizmati bo`yicha yapon tili”, “biznesda yapon tili”, “imo-ishora tili” kabi alohida fanlar ham o`qitib boriladi.

3.Mutaxasislik sertifikatini taqdim etish tizimi (diplom berish tizimi)

Parvarish xizmati yo`nalishida ta’lim va ijtimoiy farovonlik bilan bog`liq fanlarni tamomlab, quyidagi talablarga to`liq javob beradigan talabalarga mutaxasislik sertifikati beriladi.

  • 〈1〉Kollejimizning parvarishlash xizmati yo`nalishida ikki yildan ortiq vaqt davomida tahsil olib, belgilangan barcha fanlarni o`zlashtirgan talabalarga;
  • 〈2〉Semestr yakunida o’tkaziladigan yakuniy imtihonlardan har bir fan (parvarish amaliyoti bilan) bo`yicha yetarli balni to`plagan talaba;
  • 〈3〉Kollej ma`muriyati tomonidan nomzod talaba parvarishlash xizmati yo`nalishini tamomlashga mos deb topilgan, hamda o`z sohasi bo`yicha bilimi yetuk, ruhiy jihatdan sog`lom talaba sihatida tan olingan bo`lsa;
  • 〈4〉Belgilangan o’quv kantrakt puli va boshqa xarajatlarni to’lab bo`lgan talabalar.

Arizalarni qabul qilish / Xujjatlarni so`rash / Ochiq eshiklar kuni to’g’risida murojaat

Kelajakda parvarish xizmati ishchisi bo`lishni ko`zlagan, shu sohaga qiziqqan abituriyentlarning murojaatlarini kutib qolamiz.

AOI Xalqaro farovonlik kolleji Qabul komissiyasi

TEL: 029-828-6770 (dushanba-juma 9:00 ~17:00 )

Email: aoi-fukushi@aoikai.ac.jp

Asosiy hamda qo`shimcha ish sifatida faoliyat yuritadigan o`qituvchilarni ishga taklif qilamiz!

Asosiy hamda qo`shimcha ish sifatida faoliyat yuritadigan o`qituvchilarga ish

Parvarishlash xizmati ishchisi・ hamshiralik malakasiga ega kishilar, parvarishlash xizmati bo`yicha o`qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagan xodimlarni ishga taklif qilamiz. Parvarishlash xizmati mutaxasislarini tayyorlovchi kollejda ishlamoqchi bo`lgan hohlovchilarning murojaatlarini kutib qolamiz.

<Murojaatlar bo`yicha>

AOI Xalqaro farovonlik kolleji
Hujjatlar bilan ishlash bo`limi

TEL: 029-828-6770 (dushanba-juma 9:00 ~17:00 )

Email: aoi-fukushi@aoikai.ac.jp

PAGE TOP

Indeks 300-0874, Ibaraki pref., Tsuchiura shah.,
Arakavaoki, Nishi 1-1-21

TEL 029-828-6770

Copyright © AOI International Welfare Specialized Training College.
All Rights Reserved.