Yaponiya jamiyatida muammoli vaziyat bo`lmish qariyalar sonining tez sur`atlarda o`sishi, qariyalar va nogironlarning hayotini qo’llab-qo`vvatlovchi kasb bo`lmish parvarishlash xizmati ishchisi, farovonlik va keksalarga g’amxo’rlik qilish xizmati sanoatida muhim rol o’ynab kelmoqda. Biz ta`lim muassasamizni, parvarishlash ishi bo`yicha mutaxasislar yetishtirish uchun, yangi amaliyot koprusi hamda eng yangi amaliyot uskunalari bilan jihozlagan holda, yuqori malakaga ega bo`lgan kadrlarni yetishtirishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, parvarishlash xizmati ishini globallashtirishni ko`zlab, chet ellik talabalarni ham qabul qilmoqdamiz. Kelajakda xalqaro miqiyosida keng ko`lamli kampusga aylantirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Bizda parvarishlash xizmati ishchisi bo’lishni maqsad qilgan yapon va xalqaro talabalarning ta`lim olishlari uchun mukammal sharoitlar yaratilgan. Sizning parvarishlash xizmati sohasi bo`yicha mutaxasislikning ilk qadamlarini bizning o`quv muassasamizdan tashlashingizni kutib qolamiz! Sizning orzularingizni amalga oshirishga yordam beramiz!
Direktor Nobuo Yanagi
Bizning ta`lim muassasamiz, Aoikai guruhining ruhi hisoblanmish “davolash” va “kasallikni oldini olish”ni yuqori
darajada umumlashtirgan holda, sog’lom hayot qurish uchun to’liq parvarishlash orqali “farovon qalb”ni
yaratilishiga yordam beradigan parvarishlash xizmati ishchilarini tayyorlash uchun butun imkoniyatlardan
foydalanadi.
O`quv muassasamiz, qo`llab-quvvatlash hamda parvarishlash xizmati ishchisi bo`lishni maqsad qilgan yapon va xorijlik talabalarga 2 yillik ta`lim dasturi asosida ta`lim berib, talabalarga parvarishlash xizmati bo`yicha davlat sertifikatni qo`lga kiritishlarida yordam berishni o`z oldiga maqsad qilgan. Keksa kishilar ko`payib borayotgan bizning jamiyatimizda qariyalar hamda nogironlar “qariyalik gashtini xotirjam holda parvarishlash xizmati”dan foydalashni talab qilishadi.Bu ta`lim muassasida yuqori tajribaga ega bo`lgan mutaxasislarni tayyorlash maqsadini ko`zlab, kelajakda qariyalar uylarida faoliyat yuritadigan g’ayratli va insonparvar talabalarni qabul qilishni maqsad qilganmiz.
O`quv muassasamizning parvarishlash xizmati yo`nalishida yillik o’quv dasturiga “parvarishlash xizmati”, “inson va jamiyat”, “qalb va tana tuzilishi” kabi fanlar orqali parvarishlash ximatini nazariy jihatdan mustahkamlaydigan fanlar kiritilgan.Parvarishlash amaliyoti, ta`lim maskanida olingan bilim va ko’nikmalar hamda o`qishdan tashqarida o`rganiladigan amaliy mashg’ulotlar bilan umumlashtirilgan holda davom ettiriladi. Bu fanlarning ichida parvarishlash xizmati bo`yicha bilimni mustahkamlaydigan “parvarishlash jarayoni” fanidan, “analiz qilish / rejalashtirish / amalga oshirish / baholash” kabi bilim va ko`nikmalarni umumiy tarzda, bosqichma-bosqich o`rgatib boriladi. Shuningdek, chet ellik talabalarning parvarishlash xizmati bo`yicha bilimlarini oshirish maqsadida “Parvarishlash xizmati bo`yicha yapon tili”, “biznesda yapon tili”, “imo-ishora tili” kabi alohida fanlar ham o`qitib boriladi.
Parvarish xizmati yo`nalishida ta’lim va ijtimoiy farovonlik bilan bog`liq fanlarni tamomlab, quyidagi talablarga to`liq javob beradigan talabalarga mutaxasislik sertifikati beriladi.
Stipendiya shuningdek a`lochi talabalarning kantrakt to`lovining bir qismi yoki butunlay hamma qismidan ozod qilish tizimi mavjud.
Ibaraki prefekturasi hamda yon-atrofidagi shaharlarda joylashgan ko’plab qariyalar uylarida amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.
Ibaraki, Chiba, Tokio, shuningdek qo’shni shaharlarda joylashgan qariyalar uylariga ishga kirish bo`yicha yordam beriladi.
Manzil | Indeks 300-0874, Ibaraki pref., Tsuchiura shah., Arakavaoki, Nishi 1-1-21 |
---|---|
Tel | 029-828-6770 |
Eng yaqin bekat | Arakavaoki bekati, JR Joban Line, G’arbiy Exitdan piyoda 2 daqiqa |
Kelajakda parvarish xizmati ishchisi bo`lishni ko`zlagan, shu sohaga qiziqqan abituriyentlarning murojaatlarini kutib qolamiz.
AOI Xalqaro farovonlik kolleji Qabul komissiyasi
TEL: 029-828-6770(dushanba-juma 9:00 ~17:00 )
Email: aoi-fukushi@aoikai.ac.jp
Asosiy hamda qo`shimcha ish sifatida faoliyat yuritadigan o`qituvchilarga ish
Parvarishlash xizmati ishchisi・ hamshiralik malakasiga ega kishilar, parvarishlash xizmati bo`yicha o`qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagan xodimlarni ishga taklif qilamiz. Parvarishlash xizmati mutaxasislarini tayyorlovchi kollejda ishlamoqchi bo`lgan hohlovchilarning murojaatlarini kutib qolamiz.
<Murojaatlar bo`yicha >
AOI Xalqaro farovonlik kolleji Hujjatlar bilan ishlash bo`limi
TEL: 029-828-6770(dushanba-juma 9:00 ~17:00 )
Email: aoi-fukushi@aoikai.ac.jp